Harbiy safdan talabalikka

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni tomonidan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muddatli harbiy xizmatchilarning xizmatni o‘tash davrida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishi hamda o‘qishga qabul qilinganlarning bir yil davomida onlayn ta’lim olishini tashkil etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjatlarini topshirdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning oliy ma’lumot olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, xizmat faoliyatini ta’lim bilan uyg‘unlashtirish hamda kelgusida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk va bilimli kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Bu kabi imkoniyatlar harbiy xizmatchilarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning kelgusida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilish bilan birga, harbiy xizmat va ta’limning uzviyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Akbar AXMEDOV,
III darajali serjant
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun