Chekka hudud maktabiga e’tibor

Date:

“Ziyoli kelajak” loyihasi doirasida amalga oshirilgan navbatdagi tashabbus ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi hamkorligida Sherobod tumanining chekka hududida joylashgan “Boyqishloq” mahallasidagi 65-sonli umumta’lim maktabiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tashrif davomida maktab kutubxonasiga 32 turdagi 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar va ensiklopediyalar topshirildi. Shuningdek, ta’lim jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida 2 dona konditsioner taqdim etilib, ularni informatika xonasi va kutubxonaga o‘rnatishda ham amaliy ko‘mak berildi.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — chekka hududlardagi maktablarda ta’lim sifati va infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratishdan iborat. Ayniqsa, yozning jazirama kunlarida yaratilayotgan bunday sharoitlar o‘quvchilarning bilim olish jarayonini samaraliroq tashkil etishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, “Ziyoli kelajak” loyihasi davlat, xususiy sektor va jamoatchilikni birlashtirgan holda ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish va kelajak avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun