Firibgarlikka uchragan fuqarolardan kredit undirilmaydi

Date:

Yurtimizda onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kredit undirish to‘xtatiladi. Agar fuqaro surishtiruv, tergov, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida jabrlanuvchi deb e’tirof etilsa, uning nomiga rasmiylashtirilgan onlayn kredit hamda foizlarni hisoblash va undirish bekor qilinadi.

Bunda kredit tashkiloti yetkazilgan zararni frod holatini sodir etgan shaxsdan regress tartibida undirishi mumkin. Agar tekshiruv natijalarida firibgarlik holati tasdiqlanmasa, kreditni undirish jarayoni davom ettiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, onlayn kreditlash jarayonida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Jumladan, foydalanuvchi faqat o‘ziga yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bank kartalarini biriktira oladi, biometrik identifikatsiyada “hayotiylik” talabi joriy etildi hamda SMS-kod noto‘g‘ri kiritilganda vaqtinchalik cheklov qo‘yiladi. Shuningdek, bir shaxs nomiga bir vaqtning o‘zida bir nechta onlayn kredit rasmiylashtirilishining oldini olish mexanizmlari belgilandi.

Mazkur chora-tadbirlar fuqarolarni onlayn firibgarlikdan himoya qilish va kreditlash tizimida shaffoflikni oshirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun