Hayoti bebaho maktabdir

Date:

Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti, mustaqil davlatimiz asoschisi va yangi davlatchilik poydevorini yaratgan buyuk siyosiy arbobdir.Birinchi prezident tavalludining
88 yilligi yurtimizda chuqur hurmat va ehtirom bilan nishonlanib, xalqimiz qalbida unutilmas xotiralar va yuksak minnatdorlik tuyg‘ularini uyg‘otadi.
I.Karimov o‘z faoliyatini eng murakkab va mas’uliyatli davrda boshladi. Mustaqillikning ilk yillarida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish uning oldidagi eng muhim vazifa edi. Davlat arbobi tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” bosqichma-bosqich islohotlar olib borish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va milliy manfaatlarni ustuvor qo‘yish tamoyillariga asoslandi.
Birinchi Prezident rahnamoligida O‘zbekiston xalqaro maydonda mustaqil va teng huquqli davlat sifatida tan olindi. Mamlakatimizda Konstitutsiya qabul qilindi, davlat ramzlari tasdiqlandi, milliy armiyamiz va huquqiy demokratik davlat asoslari yaratildi. Tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash Islom Karimov siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Shuningdek, u ma’naviyat va ma’rifat masalasiga alohida e’tibor qaratib, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va yuksak axloq ruhida tarbiyalashni muhim vazifa deb bildi. Birinchi Prezidentning boy siyosiy va ma’naviy merosi bugungi va kelajak avlodlar uchun bebaho maktabdir. Uning Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida qilgan fidokorona mehnati tarix sahifalarida oltin harflar bilan bitilgan.
Islom Karimovning porloq xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. Uning orzu-intilishlari va ezgu g‘oyalari mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bardavom bo‘lib qolaveradi.

Ibodulla Yaxshiliqov,
DXX Chegara qo‘shinlari
harbiy xizmatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun