Kerakli choralar ko‘rildi

Date:

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Termiz tumanida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida tumanning “Orol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, chegaraoldi mintaqasida noqonuniy ovchilik holati fosh etildi.

Aniqlanishicha, fuqarolar Y.SH. va K.E. o‘zlariga tegishli ov quroli yordamida ov qilish qoidalarini buzgan holda 4 bosh yovvoyi g‘ozni otib o‘ldirgan. Ushbu holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan choralar ko‘rildi.

Xususan, huquqbuzarlarga har biriga 8 million 240 ming so‘mdan, jami 16 million 480 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 3 million 296 ming so‘m etib belgilandi.

Mazkur nazorat tadbirlari yovvoyi hayvonot dunyosini muhofaza qilish, noqonuniy ovchilikka barham berish hamda ekologik qonunlarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun