Sugʻurta stajiga qarab…

Date:

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash hamda to‘lashning yangi tartibi yuzasidan rasmiy tushuntirish berildi. Unga ko‘ra, nafaqa miqdori ayolning sug‘urta stajiga qarab hisoblanadi va bunda belgilangan koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.

Xususan, sug‘urta staji 10 oydan 24 oygacha bo‘lgan ayollarga o‘rtacha ish haqining 75 foizi, 25 oydan 60 oygacha bo‘lganda 85 foizi, 61 oy va undan ortiq bo‘lganda esa 100 foizi miqdorida nafaqa to‘lanadi.

Mas’ul idoralar mazkur tartib Mehnat kodeksi talablariga zid emasligini qayd etib, nafaqa miqdorining eng kam darajasi o‘rtacha ish haqining kamida 75 foizi etib belgilanganini ta’kidladilar. Ushbu yangilik homilador ayollarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun