“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichida Termiz shahrining faol va tashabbuskor yoshlar yetakchilari yuksak natijalarga erishib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Termiz shahar “Shodlik” mahallasi yoshlar yetakchisi 1-o‘rinni egallab, 25 million so‘m pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Termiz shahar “Manguzar” va “Baynalmilal” mahallalari yoshlar yetakchilari ham yuqori natija ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ularga 20 million so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Mazkur yutuqlar Termiz shahrida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda faol va fidoyi yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasi ekanini yaqqol namoyon etadi.

