50 million dollarlik investitsiya

Date:

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat salohiyatini oshirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Muzrabot tumani R. Bo‘riyev hududidagi “Chegarachi” mahallasida Xitoyning “GF WORLD TERMEZ” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan paxtani qayta ishlash zavodi tashkil etilmoqda. Umumiy qiymati 50 million AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha Xitoyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha ishga tushirilishi bilan 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududga tashrifi davomida ishlab chiqarish majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Obyektlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ishlarning borishi hamda zarur infratuzilmani yaratish masalalari ko‘zdan kechirildi.

Loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish, qurilish ishlarini jadallashtirish va mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 50 million dollarlik mazkur loyiha paxtani chuqur qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat yaratish, tumanning sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun