Vazifalar ijrosi o‘rganildi

Date:

Suv resurslarini tejash bugungi kunda global ahamiyatga ega masaladir. Sohada ilmiy yondashuvlarga tayangan holda suvdan maqsadli va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur vazifalar ijrosini hududlarga chiqib o‘rgandi. Xususan, kanal va ariqlarni betonlash, suvning behuda yo‘qolishini oldini olish maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga, mas’ullarning bajarilgan ishlar hamda kuz-qish mavsumidagi tinim davrida ichki ariqlarni betonlashtirish rejalari bo‘yicha hisobotlari eshitildi. O‘rganishlar doirasida qishloq xo‘jaligi texnikalari va yerga ishlov berish agregatlarini saqlovga kiritish, mavsumga tayyor holatga keltirish, shuningdek ularni ta’mirlash ishlarining borishi ham ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari mas’ullarga betonlashtirish ishlarini jadallashtirish, texnikalarning to‘liq shayligini ta’minlash va mavsumga sifatli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zarur vazifalarni belgilab berdi. Bundan tashqari, Qiziriq tumanida kollektorni zamonaviy texnologiya asosida yopgan holda tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish, Sariosiyo tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi vazifalar ijrosi ham o‘rganilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun