YTTlar firma nomiga ega bo‘ladimi?

Date:

2026-yil 1-yanvardan boshlab YTTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat etiladi. Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:

— tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;

— tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

2026-yil 1-yanvardan:

— YTTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi;

— tadbirkorlarning birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda, ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar YTT guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi.

2026-yil 1-martdan:

— litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi; — “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzudan boshlangan yo‘l

Har bir inson hayotida uning kelajagiga yo‘l ko‘rsatadigan, qalbiga...

Xalqaro yuk tashuvlarida yangi bosqich

Xitoy–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi. 50 ta...

Harbiy xizmatchilarga asalarichilik sirlari o‘rgatilmoqda

Asalarichilik — mehnatsevarlik, sabr va mas’uliyatni talab etadigan, insonni...

Sariosiyodagi 94 ta maktabga 325 million so‘m

Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bugungi kunda...
KunTun
KunTun