“Yashil makon” ishlari jadallashdi

Date:

Surxondaryoda “Yashil makon” loyihasi doirasida avtomagistral yo‘llari bo‘ylab ko‘kalamzorlashtirish va infratuzilmani yangilash ishlari izchil davom etmoqda. Tuman markazlariga eltuvchi yo‘llarni ta’mirlash, ko‘priklarni rekonstruksiya qilish, yo‘l yoqalarida yashil hududlar yaratish kabi loyihalar bosqichma-bosqich kengayib bormoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘ylab olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi. Jarayonda ko‘chat ekish uchun maydonlarni tayyorlash, handaqlar qazish, chiqindilarni tozalash, yashil belbog‘lar barpo etish hamda kirish yo‘llaridagi infratuzilma ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullarga loyihalarning sifatli va tizimli amalga oshirilishi, yangi ko‘chatlar uchun sug‘orish tizimlarini avvalo yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yo‘l va ko‘priklar qurilishi jadalligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun