Milliylik va mohiyat

Date:

Til — millat ko‘zgusi! Ona tili esa millatning ruhidir. Til — har bir inson uchun muqaddas va e’zozlangan tushuncha, o‘z ona tilimizda orzu qilamiz, o‘y suramiz, kelajak maqsadlarimizni belgilaymiz. O‘zbek tilining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. U turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, o‘zining boy lug‘at boyligi, go‘zal ohangi va ifoda imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Hazrat Navoiy, Bobur, Behbudiy, Qodiriy kabi o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalari o‘z asarlari bilan o‘zbek tilining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yanada oshirdilar.
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilayotgan qonunlar, davlat dasturlari va amalga oshirilayotgan islohotlar tilimizning jamiyatdagi rolini oshirishga xizmat qilmoqda. Ammo shu bilan birga, oldimizda turgan vazifalar ham yo‘q emas. Globallashuv jarayonida tilimizni turli tahdidlardan himoya qilish, uning sofligini saqlash, zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirish — har birimizning muqaddas burchimizdir. Shu munosabat bilan quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratish lozim:

  • O‘zbek tilining qo‘llanilish doirasini kengaytirish; Davlat boshqaruvi, ta’lim, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarda o‘zbek tilining to‘liq va samarali qo‘llanilishini ta’minlash;
  • Til madaniyatini oshirish. Tilimizning sofligini saqlash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish, nutq madaniyatini oshirish;
  • Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish: O‘zbek tili uchun elektron lug‘atlar, tarjima dasturlari, nutqni tanish va sintez qilish texnologiyalarini ishlab chiqish;
  • O‘zbek tilida ta’lim sifatini oshirish. O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarining malakasini oshirish, zamonaviy metodikalarni qo‘llash, yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish;
  • Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. O‘zbek tilini chet elda o‘rganishni targ‘ib qilish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
    36 yildan buyon har yili 21-oktyabrni – til bayrami kuni sifatida nishonlab kelyapmiz. Aslida tilimizni e’zozlash, uning maqomi, jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash har on, har daqiqa muhim ekanligini unutmasligimiz lozim. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir.
    Akmal Avliyakulov,
    Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi buyurtmalar portfeli shakllantiriladi

Sanoatsiz davlat iqtisodiyoti rivojlanishi mushkul. Sanoat rivojlansa, ishlab chiqarish...

Milliylik va mohiyat

Til — millat ko‘zgusi! Ona tili esa millatning ruhidir....

Tillar turfa, maqsad yagona

Jahon davlatchiligi tarixiy taraqqiyotidan ma’lumki, milliy masala har bir...

Tezkor, shaffof va qog‘ozsiz

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida sud-huquq tizimini sun’iy...
KunTun
KunTun