Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Date:

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida Bandixon tumanida xayrli tashabbus amalga oshirildi. Tumanning “Chinor” mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabini bundan 20 yil avval tamomlagan bir guruh ziyoli bitiruvchilar o‘zlari tahsil olgan muassasaga 200 dan ortiq badiiy hamda jahon adabiyotidan iborat qimmatli kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Ushbu ezgu tashabbus nafaqat yosh avlodni ilm-fanga, kitobga mehr uyg‘otadi, balki ularning tafakkurini boyitish, ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu kabi amaliy ishlar yoshlarga e’tiborning yana bir yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun