O‘z vazifasiga tiklandi

Date:

Oltinsoy tumanida yashovchi Nizomiddin Payziyev ish beruvchining noqonuniy harakatlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga murojaat qildi. Murojaat mehnat huquq inspektori tomonidan o‘rganilganda, ish beruvchi mehnat kodeksining 314-moddasi talablarini buzgan holda, Payziyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini asossiz bekor qilgani aniqlangan.

Natijada, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi Payziyevning da’vosini qanoatlantirib, uni ishga tiklash, 24,1 million so‘m oylik ish haqi va 13 million so‘m ma’naviy zararni undirish haqida qaror chiqardi.

Mazkur holat mehnat huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmalari va sud tizimining o‘rni naqadar muhim ekanini, ish beruvchilar esa qonun talablariga qat’iy rioya etishlari zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Zarif XOLOV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashi mehnat huquq inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun