Dastur izchillik ila amalga oshmoqda

Date:

Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Surxondaryoda aholining turmush sharoitini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Viloyatdagi 77 ta og‘ir toifadagi mahallada tomorqalarni sug‘orish tizimi yaxshilanib, 25 ta nasos agregati, 80 ta quduq, 41,5 kilometr quvur tarmog‘i o‘rnatildi, 152,4 kilometr ariqlar betonlandi. Shuningdek, 427,5 kilometr elektr tarmog‘i yangilandi, 137 ta transformator punkti o‘rnatildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot va Termiz tumanlarida ishlar borishini o‘rganar ekan, ayrim qurilish va ta’mirlash ishlari hali to‘liq yakunlanmaganini tanqid qildi. Mas’ullarga ishlarni qisqa muddatda va sifatli yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hokim Surxon daryosi bo‘yida barpo etilayotgan turizm va saylgoh majmualari qurilishini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyihalar viloyatda aholi bandligini ta’minlash, turizm salohiyatini oshirish va hudud iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun