Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Date:

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz uchun faxr manbayi bo‘lmoqda. Ularning iroda, sabr va matonat bilan g‘alabaga erishayotgani — to‘rt muchasi sog‘, ammo hayotda o‘z o‘rnini topmay, biror ishning boshini tutmay yurgan yoshlar uchun eng katta ibratdir.
Zero, cheklov va qiyinchiliklar insonni to‘xtatmaydi, aksincha, uni yanada kuchliroq qiladi. Para sportchilarimiz o‘z misollari bilan shuni isbotlamoqdalar: agar insonda iroda, mehnatsevarlik va ishonch bo‘lsa, u har qanday to‘siqni yenga oladi.
Shu o‘rinda yaqinda Misrda o‘tkazilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi para pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida uzunlik iqtidorli sportchi Hojiakbar Uroqovning g‘alabasi barchaga ibrat bo‘ldi.
U 107 kilogramm vazn toifasida qatnashib, dastlabki urinishidayoq raqobatchilar e’tiborini tortdi. Har bir chiqishida Hojiakbar o‘zining qat’iyati, ishonchi va texnik mahoratini namoyish etdi. Nihoyat, hal qiluvchi urinishda
143 kilogramm og‘irlikdagi shtangani muvaffaqiyatli ko‘tarib, raqiblarini ortda qoldirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
— Musobaqa juda mas’uliyatli va hayajonli o‘tdi, — deydi Hojiakbar Uroqov. — Dunyoning eng kuchli yosh sport-chilari ishtirok etgan uchun ham har bir bosqichda raqobat kuchli bo‘ldi. Yutuqqa yetaklagan kuch bu — mehnat va ishonch. “Men uddalayman” degan ishonch meni oldinga yetakladi.
Bu g‘alaba nafaqat Hojiakbarning shaxsiy yutug‘i, balki butun yurtimiz, xususan Surxondaryo yoshlari uchun ham faxrdir. Uning misolida shuni ko‘rish mumkinki, imkoniyatni cheklov emas, kuch va ishonchni oshiruvchi omil sifatida qabul qilgan inson hech qachon yengilmaydi.

S.NORMURODOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun