BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Date:

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi — ular mamlakatimizda birinchi bo‘lib joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardi. Hududdagi paxta qabul shoxobchalariga bugungi kunga qadar 275 600 tonnadan ortiq sifatli paxta xomashyosi topshirildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, paxtachilik — xalqimiz dehqonchilik an’analarining ajralmas qismi. Asrlar davomida shakllangan tajriba, yurtimizda amalga oshirilayotgan agrar islohotlar bilan uyg‘unlashib, soha bugun mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda zamonaviy agrotexnologiyalar, suvni tejovchi usullar va yuqori hosilli, qurg‘oqchilikka chidamli paxta navlari keng joriy etilmoqda.
Bir paytlar kech kuzgacha davom etgan paxta terimi bugun ancha erta, barvaqt yakunlanmoqda. Bu esa fermer va dehqonlarning mehnati samarasi, ularga yaratilgan qulay sharoitlar, paxtachilikdagi islohotlar va klaster tizimining natijasidir. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari butun jarayonni — chigit ekishdan tortib, hosilni qayta ishlashgacha yagona tizimda birlashtirdi. Natijada, fermer xo‘jaliklari uchun soha nafaqat mas’uliyat, balki barqaror daromad manbayiga aylandi.
Bu yil viloyatda ob-havo noqulay kelgani, suv taqchilligi kuzatilgani sir emas. Biroq vohalik mirishkorlar o‘zining boy tajribasi, fidokorona mehnati va zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishi hisobiga mo‘l hosil yetishtirishga erishdi. Hosilni o‘z vaqtida terib olish uchun 1 277 ta terim otryadi,
2 010 ta traktor va 2 965 ta tirkama safarbar etildi.
Alohida ta’kidlash joizki, bu yildan vohada xorijiy tajribalar asosida yuqori hosildor paxta navlari sinovdan o‘tkazildi. Ayrim maydonlarda har gektardan 80 sentnergacha hosil olindi. Bundan tashqari, Xitoydan keltirilgan 60 ta zamonaviy paxta terish mashinalari qisqa fursatda hosilni sifatli yig‘ib olishda muhim omil bo‘ldi.
— 30 yildan beri paxta terimida qatnashaman, — deydi sherobodlik terimchi Sh.Meyliqulova. — Ilgarigi yillarda qo‘l bilan terardik, kech kuzgacha dalada bo‘lardik. Endi esa zamonaviy mashinalar yordamida hosil tez yig‘ilmoqda. Paxta terimi — bu bizning hayotimiz, rizqimiz. Mehnatimiz qadrlanayotganini his qilish — eng katta mukofot.
Surxondaryolik paxtakorlarning bu yutuqlari — mashaqqatli mehnat, bilim va zamonaviy yondashuv uyg‘unligining yorqin namunasidir. Paxta rejasi bajarilishida faol ishtirok etgan mexanizatorlar, suvchilar, terimchilar hamda xo‘jalik rahbarlari mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda.
Vohamizda terim jarayonlari qizg‘in davom etar ekan, paxtakorlarimiz o‘zining mehnatsevarligi, sadoqati va yurt ravnaqiga qo‘shayotgan hissasi bilan yana bir bor Vatan faxriga aylanishdi.

“Surxon tongi”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun