So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, avvalo, inson qadri ulug‘lanib, mahallalarda tinch va xavfsiz muhit yaratilayotir.Eng muhimi, ichki ishlar organlariga yelkadosh sifatida boshqa idoralar va keng jamoatchilikning ham safarbar etilishi natijasida hududlarda tinchlik ta’minlanmoqda. Endilikda xodimlarning kunlik faoliyati “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida, jinoyat oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va barvaqt oldini olishga qaratilayotir.
Qadrli yurtdoshlar, viloyatimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha Sizlarga “profilaktik — ogohlantiruvchi murojaat” qilmoqchiman.
Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda — “Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qo‘rg‘onidir”. Bu esa aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilish hamda aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan ijtimoiy-profilaktik tadbirlarga barchamiz birdek mas’ulligimizni belgilab berdi.
Hozirda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan alohida e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yoxud huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga berilgan xulosalarga asosan muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida, Prezidentimiz tomonidan belgilangan qaror asosida ishlaganimiz, natijada viloyatdagi 723 ta mahallaning
74 foizida (533 ta)birorta ham jinoyat sodir etilmadi. “Qizil” mahallalar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80 foizga
(91/18) kamayishga erishilib, viloyatimiz respublikada bu ko‘rsatkich bilan ijobiy 1-o‘rinda qayd etildi. Shuningdek, hududlarda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida maktablarda davomatni elektron nazorat qilish maqsadida “E-Davomat” elektron platformasi, Oilaviy (maishiy) tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha o‘z vaqtida ichki ishlar organini xabardor qilish maqsadida “Qo‘shni nazorati” tizimlari Surxondaryo tajribasi sifatida joriy etildi.
— Axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi-ning ayrim toifalariga zamonaviy psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida Termiz davlat universiteti bilan Memorandum imzolanib, ijroga qaratildi.
9 oyda sodir etilgan jinoyatlarning 96 foizi “issiq izi”dan fosh etildi. Ayniqsa, oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyat turlaridan bezorilik, transport vositasini olib qochish, bosqinchilik, tan jarohati yetkazish, o‘g‘rilik, talonchilik, firibgarlik, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi kabi jinoyatlarning kamayishiga erishildi.
Amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida:
— 400 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi;
— qanchadan-qancha odamlarning hayotiga zomin bo‘layotgan 1 tonnadan ortiq (1 028 kg
426,1 gr) giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomala-siga chek qo‘yildi;
— jamoat joylarida yurgan shaxslardan, noqonuniy 2 260 ga yaqin sovuq qurollar olindi;
— o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida fuqarolardan 164 ta o‘qotar va pnevmatik qurollar olib qo‘yildi;
— turli mudhish jinoyatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbu-zarliklarni sodir etganligi uchun
93 mingdan ortiq shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi;
— 4 245 nafardan ortiq spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan,
531 nafar giyohvand va 384 nafar ruhiy kasallar davolanish muassasalariga jo‘natildi;
— muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan 34 nafar shaxs reabilitatsiya markaziga va qarovsiz qolgan 467 nafar voyaga yetmagan bolalar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Belgilangan tizim asosida ishlashga o‘tganimiz natijasida, har ikkinchi jinoyat xodimlarning tashab-busi bilan aniqlandi. Lekin, bu bilan ortiqcha xotirjamlikka berilmasdan, har birimizdan doimo ogoh va sergak bo‘lishni, vaziyatni to‘g‘ri baholashni, har qanday holatda ham bee’tibor bo‘lmasdan xizmat olib borishni talab etadi. Jumladan, jinoyat va huquqbu-zarliklarni barvaqt oldini olish borasida ishlarni jadallashtirish maqsadida, joriy
yilning 17-sentyab-ridan 7-oktyabriga qadar hududlarda “Dolzarb 20 kunlik” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan doimo hushyor bo‘lishlarini, xonadon, uy hayvonlari va boshqa ko‘rinishdagi mol-mulklari qarovsiz va ochiq qoldirmasliklarini, har qanday shubhali shaxslar nayranglariga uchmaslikni va albatta, shaxsiy xavfsizligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolardim.
Aziz do‘stlar!
Hozirgi global zamonda texnika asri shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bu esa har qanday soha va faoliyatning mos ravishda takomillashib borishiga sabab bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar ichki ishlar organlari tizimida ham amalga oshirilib, u xoh real, xoh virtual hayotda bo‘lsin, avvalo, fuqarolari-mizning haq-huquqlari va ularning mol-mulklari daxlsizligini har qanday tahdiddan himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
So‘nggi yillarda, kibermakondan g‘arazli maqsadlarda foydalanayotgan shaxslar soni ortib borayotganligi va ko‘plab fuqarolarimiz ularning jinoiy “tuzoqlariga” tushib qolayotganligi ayni haqiqat.
Xo‘sh, har bir fuqaro bunday vaziyatda o‘zini himoya qilishning qanday yo‘llarini bilishi lozim?
— bank kartalaringizga oid ma’lumot-larni, ayniqsa, SMS orqali kelgan kodlarni hech kimga, hatto o‘zini bank yoki kompaniya xodimi sifatida tanishtirgan taqdirda ham bermang;
— internet reklamasiga ishonishdan hamda turli lotereyalarda ishtirok etishdan avval ushbu sayt haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilish, nima bo‘lganda ham, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga taqdim etmasligingiz;
— ijtimoiy tarmoqlar orqali “siz pul yutug‘i yutdingiz”, “Sizga hukumat tomonidan moddiy yordam ajratildi” yoki boshqa shular kabi turli shubhali havolalarga kirishga undashlariga aslo ishonmang;
— suhbatdoshingiz ishonchli tuyulib, sizga katta foyda va’da qilsa ham, begonalarga hech qanday pul mablag‘larini o‘tkazmang, ularga ishonmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan saqlang. Bunday “uddaburon”larga qarshi kurashish va ularni o‘z vaqtida fosh etish maqsadida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida faoliyat ko‘rsatayotgan Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati mutaxassislari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Hurmatli vohadoshlar!
Har birimiz, tinchlik — bebaho ne’matligini his etib, vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz farovonligini ko‘z qorachig‘idek saqlashimiz kerak.
Shu o‘rinda, yuqoridagi holatlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarga barham berish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni jilovlashda barchamiz birdek mas’ul ekanligimizni ham eslatib turadi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI
Date: