Termizda o‘rta asrlar davriga taalluqli 2 ta ko‘za topildi

Date:

Ona yerning turgan-bitgani boylik, xazina. Poydevor qo‘yib, devor ko‘tarsangiz, Vatan bo‘ladi. Urug‘ qadasangiz, nihol unib chiqadi. Qarovingizdan esa baraka unadi. Qolaversa, ovozalar daragidan hali oltin-u kumush tangalar, haykallar-u qimmatbaho buyumlar topilayotgani fikrlarimizni dalillaydi. Buyuk tarix yashiringan bu zaminda har qadamda, har lahzada noyob topilmalar barcha sirlarni ochiqlayveradi.
Termiz shahrida yo‘l qurilishi ketayotgan bir paytda topilgan 2 dona ko‘za mehnatkashlar e’tiborini tortdi. Surxondaryo viloyati ko‘priklardan foydalanish muassasasi ishchilari Sh.Karimov hamda A.Matiyev darhol Termiz arxeologiya muzeyiga xabar berishdi.
Muzey mutaxassislari voqea joyiga borib, eksponatlarni muzey fondiga qabul qilib olishdi. Sopol ko‘zalar sirtiga turli naqshinkor bo‘rtma bezaklar tushirilgan. Hozirda topilmalar muzey restavratsiya bo‘limida ta’mirlanmoqda. Aytish kerakki, ko‘zalar o‘rta asrlar davriga taalluqli ekani aniqlangan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun