“Millat fidoyilari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Date:

Termiz shahrida joylashgan N-sonli harbiy qismda “Millat fidoyilari” nomli kitobning taqdimot marosimi tashkil etildi. Tadbirda harbiy qism qo‘mondonligi, shuningdek, askar va ofitserlar, shuningdek, hududiy ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida kitob mazmun-mohiyati, unda aks ettirilgan tarixiy shaxslar, milliy qahramonlarimizning Vatanga sadoqatli xizmatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir ishtirokchilari uchun kitobda yoritilgan voqealar nafaqat ma’naviy tarbiya, balki vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Yakunda harbiy xizmatchilar tomonidan kitob yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bunday tashabbuslarning ahamiyati yuqori ekani qayd etildi. Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun