Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qismda yoshlar uchun “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan yoshlar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, o‘quv va jangovar texnika, zamonaviy qurol-aslaha vositalarining ko‘rgazmasi, harbiylar tomonidan ko‘rsatilgan ko‘rgazmali chiqishlar, o‘q otish mashg‘ulotlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda harbiy sohaga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Tashkilotchilar tomonidan bu kabi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilishi, yoshlarning harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tildi.

Akbar AHMEDOV

III darajali serjant,

Termiz garnizoni.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun