Ssuda asosida…

Date:

Yurtimizda aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Ayni maqsadda Qiziriq tumanining “Rabotak” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari bajarilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrifi davomida mazkur hududda olib borilayotgan ishlar ijrosi bilan tanishdi.

Yo‘llarni asfaltlash jarayonlari ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga kommunal xizmatlar ta’minotini yaxshilash va tarmoqlarni yangilash topshiriqlari berildi. Shuningdek, xonadonlarda tikuvchilik, yog‘ochsozlik, hunarmandchilik va qandolatchilik loyihalari faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif yakunida kam ta’minlangan oilalarga o‘zini o‘zi band qilishi uchun ssuda asosida asbob-uskunalar hamda elektromotorollerlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shunday o‘g‘ling bo‘lsa!

43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni...

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi...

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...
KunTun
KunTun