Zamonaviy boshqaruv va byudjetlashtirish — farovon kelajak garovi

Date:

Sariosiyo tumanida BMTning “O‘zbekistonda yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiya qilish” qo‘shma dasturi doirasida  seminar-trening o‘tkazildi. O‘zbekiston yanada hisobdor va inklyuziv boshqaruv sari intilayotgan bir paytda, xalqaro amaliyotda ijobiy tasdig‘ini topgan natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv va budjetlashtirish (NYB/NYB)ni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Shu bois, o‘tkazilayotgan mazkur seminarlar turkumi mahalliy boshqaruv va ijroiya  organlari rahbarlariga boshqaruv jarayonida, xususan, dastur va rejalarni bolalar va yoshlar manfaatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish erishiladigan natijalarni yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.

Seminar-treningda Termiz shahar, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumani mahalliy hokimlik organlari vakillari, Kengash deputatlari, jamoatchilik yetakchilari hamda yosh faollar ishtirok etmoqda. Mazkur dastur “Yuksalish” harakati tomonidan YUNISEF va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda, Shvetsariya Taraqqiyot va Hamkorlik agentligi (SDC) ko‘magida amalga oshirilmoqda. Dasturdan ko‘zlangan maqsad – mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik vakillarida bolalar va yoshlar uchun ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan strategik  rejalashtirish hamda dasturiy budjetlashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.

Seminarda O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi harakatlarning mahalliy darajadagi muhim bir yo‘nalishini namoyon etib, mahalliy darajada inklyuziv, javobgarlik va hisobdorligi yuqori va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvga urg‘u bermoqda. Budjet ustuvorliklarini  aniq o‘lchanadigan natijalarga bog‘lash hamda yoshlarni rejalashtirishga jalb etish orqali pilot tumanlar rahbarlari mamlakatda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni amalda tatbiq etishga erishadilar. Ushbu tashabbus avvalgi pilot loyihalardagi muvaffaqiyatlar zaminida shakllanib, hukumatning bolalar va yoshlar uchun qulay boshqaruvga oid Yo‘l xaritasi dan tortib, O‘zbekiston–2030 taraqqiyot kun tartibigacha bo‘lgan milliy strategiyalariga hamohang tarzda amalga oshirilmoqda.

  Treninglarda taqdim qilingan yangi ko‘nikma va amaliy bilimlar mahalliy hokimiyat organlari vakillariga davlat investitsiyalarini inklyuziv maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, tibbiyot va ijtimoiy himoya kabi sohalarda samarali yo‘naltirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy darajada natijadorlik, samaradorlik, hisobdorlik va jamoatchilik ishonchining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Eng muhimi, har bir hududiy seminar mahalliy maslahatlashuvlar chog‘ida aniqlangan haqiqiy jamoaviy masalalarga asoslangan holda o‘tkazildi. Masalan, Xorazmda jamoalar inklyuziv maktabgacha ta’limni kengaytirish va pediatrik xizmatlarni yaxshilash, Surxondaryoda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmatlar imkoniyatlarini oshirish hamda Toshkent viloyatida yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish kabi muammolar yuzasidan namunaviy harakat rejalari ustida ishlanadi. Shu tariqa aniq misollar ustida ishlash jarayonida ishtirokchilar natijaga yo‘naltirilgan yondashuvlar mahalliy rivojlanish ustuvorliklarini qanday hal etishi mumkinligini amalda ko‘rmoqda.

  “Tumanimizdagi real bir muammo uchun kichik strategik reja tuzish juda ilhomlantiruvchi bo‘ldi – biz nogironligi bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’limini qamrab olish darajasini qanday oshirish yo‘lini belgilab oldik va bu ishimiz darhol dolzarbdek tuyuldi”, – dedi termizlik ishtirokchi.

  Barcha ishtirokchilar (jumladan, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalliy kengash deputatlari, sohaviy bo‘limlar rahbarlari, yoshlar vakillari va fuqarolik jamiyati yetakchilari) seminar oxiriga kelib, o‘z tumani yoki tashkiloti uchun faoliyat natijadorligiga doir dastlabki maqsad ko‘rsatkichlari hamda aniq keyingi qadamlarni ishlab chiqdilar. Seminar yakunida ularga maxsus sertifikatlar topshirildi – bu esa tuzilgan rejalarni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘ldi.

Hamkorlar nigohida: kelajakka tayyor O‘zbekiston

  O‘zbekiston aholisi qariyb yarmisi 30 yoshdan kichik yoshlardan iborat ekan, inklyuziv va kelajakka yo‘naltirilgan boshqaruvga ehtiyoj hech qachon bugungidek dolzarb bo‘lmagan. Shu bois, O‘zbekiston hukumati BMT va uning hamkor tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda yoshlarning ehtiyoj va salohiyatiga javob beradigan mahalliy institutlarni shakllantirishga kirishgan.

  Seminarlar ochilishida mahalliy rasmiylar va fuqarolik jamiyati yetakchilari ushbu treninglar milliy islohotlarni jamoa darajasida amaliyotga tatbiq etayotganini ta’kidladilar. “Yuksalish” harakatining vakili esa ishtirokchilarni natijaga yo‘naltirilgan mahalliy boshqaruvning “ilg‘orlari” deb atar ekan, ularning joylardagi tashabbuslari mamlakatda amalga oshirilayotgan Davlat moliyaviy boshqaruvi islohotlari (jumladan, 2024 yil 20 dekabrdagi «Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlikni ta’minlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-223-son,  2025 yil 1 apreldagi  “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” RP-132-son  hamda 2025-yil 8-apreldagi “2025–2030 yillarda davlat moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish strategiyasi” to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 210-son qarori) va yoshlar hamda bolalar uchun qulay boshqaruvga oid Yo‘l Xaritasi bilan hamohang ekanini qayd etdi.   Yaqin haftalarda ishtirokchilar seminar davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘z tumanlarida sezilarli o‘zgarishlarga aylantirish ustida ish olib boradilar. Qo‘shma dastur doirasida tuzilgan mahalliy ishchi guruhlar ko‘magida viloyatdagi 3 ta pilot tumanning har biri seminarda shakllantirilgan dastlabki maqsad ko‘rsatkichlari asosida o‘z hududiy harakat rejasini takomillashtirib boradi. Bunday qo‘shma tashabbuslar orqali davlat rejalashtiruvi va resurslardan foydalanish jarayonlari nafaqat tobora shaffoflashmoqda, balki yoshlarning ustuvor ehtiyojlariga nisbatan ham sezgirroq bo‘lib bormoqda. Kengayib borayotgan bunday hamkorlik mahalliy boshqaruvni shunchaki samarali emas, balki kelgusi avlod uchun va ular bilan birga barpo etishga qaratilgan mushtarak qat’iyatni namoyon etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun