Yechimi maqbul keldi

Date:

Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida “Sangardak” turistik markazi barpo etilmoqda. Umumiy qiymati 913,3 milliard so‘mni tashkil etuvchi ushbu loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi. Viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, “Turonbank” ATB boshqaruvi raisi Chori Mirzayev hamda salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida markaz qurilishi rejalashtirilgan maydonning 16 gektar qismi bo‘yicha ishlab chiqilgan master-reja taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Avstriyaning “INPUT Projektentwicklungs-GmbH” kompaniyasi direktori Hannes Triebnik ishtirok etib, ishlab chiqilgan konsepsiya va loyihalashtirish yechimlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Master-reja hududning relyefi, tabiiy landshaft va tog‘li-rekreatsion imkoniyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, funksional va ekologik jihatdan maqbul yechimlarni o‘z ichiga oladi. Taqdim etilgan loyihalar va takliflar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelasi hafta loyiha tashabbuskorlari ishtirokida turizm markazi qurilishi rejalashtirilgan hududda amaliy ishlar boshlanishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun