Tirbandliklar boʻlmasligi uchun…

Date:

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilganidan xabaringiz bor. Qisqa muddatda esa joylarda ushbu topshiriq ijrosiga qaratilgan harakatlar boshlanib ketdi.

Surxondaryo viloyatida ham ana shunday amaliy natijalarni kuzatish mumkin. Yo‘l-transport hodisalari ko‘p qayd etilayotgan hududlardan biri — Sho‘rchi tumanida birinchi galdagi amaliy ishlarga kirishildi.

Viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanda bo‘lib, M-41 avtomagistralining tuman markazidan o‘tuvchi 1500–1523 kilometr oralig‘ida amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.Loyiha doirasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida svetoforlar o‘rnatish, metall panjarali yo‘l ajratkichlar qurish, qo‘shimcha harakat qatlamlarini barpo etish, shuningdek, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasini o‘zgartirish va ko‘chirish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi Yo‘l harakati xavfsizligi va Avtomobil yo‘llari boshqarmalari rahbarlari hamda boshqa mas’ullarga belgilangan ishlarni tez fursatda amalga oshirish, barcha hududlarda xatlov o‘tkazish va aniq loyihalarni ishlab chiqish vazifasini yukladi.

Boshlangan ishlar yo‘llarda tartibni ta’minlash va harakat ishtirokchilari xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arslonbek mutlaq gʻolib

Uzunlik iqtidorli sportchi Komilov Arslonbek para powerlifting yo‘nalishida yirik...

Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan...

Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish...

Jarayon nazorat ostida

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida...
KunTun
KunTun