Gaz va elektr energiyasi: kompensatsiya yil boʻyi beriladi

Date:

Xabaringiz bor, 2025-yil 1-maydan Oʻzbekiston boʻylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumi (noyabr-fevral)da emas, har oyda toʻlab beriladi.

Ehtiyojmand oilalar uchun 1-iyundan boshlab ariza topshirish boshlandi.

Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:

Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag’al oilalar reyestiriga kiritilgan oilalar – bunda oila a’zolariga toʻgʻri keladigan oylik daromad 669 ming soʻmdan kam boʻlishi lozim.

Shuningdek, ikki reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a’zoga 1 million soʻmdan kam boʻlgan oilalar ham ushbu yordamdan foydalana oladi.

2024-2025-yilgi isitish mavsumi uchun umumiy kam ta’minlangan oilalarga 313,6 milliard soʻm yordam berilgan boʻlsa, endilikda bu tizim yanada kengaytirilib, 2025-yilda umumiy hisobda 1 trillion 330 milliard soʻm miqdorida kompensatsiya ajratilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun