Binolarning zilzilaga bardoshliligi o‘rganiladi

Date:

2017-yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta ko‘p qavatli uylar qurilgan. Bu aholini turar joy bilan yetarlicha ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Mana shunday o‘zgarishlar qurilishning asoslaridan biri bo‘lgan seysmologiya sohasi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu borada xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishga e’tibor qaratilayotir.
Sohada xalqaro standartlarga mos bo‘lish uchun davlat rahbari yangi qurilayotgan uylarning sifatiga e’tiborni kuchaytirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga muvofiq, ko‘p qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazilgan. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi.
Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan meyoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...

Yangi O‘zbekistonda mahalla taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mahalla tizimini...
KunTun
KunTun