Taklif va mulohazalar tinglandi

Date:

Vohamizda aholi muammolarini o‘rganish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, shu yo‘nalishdagi ishlar ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab, og‘ir hududlar ro‘yxatiga kiritilgan “Chep” mahallasining holati o‘rganilib, “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, mahalla faollari va nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Shundan so‘ng, “Dugoba” mahallasidagi 58-sonli oilaviy poliklinika sharoitlari ko‘rib chiqildi. Fuqarolar va nuroniylar bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar o‘rganildi. Mutasaddilarga hudud infratuzilmasini yaxshilash va poliklinikani ta’mirlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, 56-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganilib, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi. “Elektron poliklinika” tizimini samarali joriy etish maqsadida planshet va kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

Tashrif yakunida tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi hamda qo‘shimcha binolar qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirilib, ishlarni sifatli va o‘z muddatida bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun