Tadbirkorlik muhiti yaxshilanmoqda

Date:

Prezidentning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qaroriga muvofiq, bozorlar va savdo komplekslarini rekonstruksiya qilish, ularning barqaror faoliyatini ta’minlash hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, “Muzrabot dehqon oziq-ovqat bozori”ning R-5 filialini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. “Furqon R Pyat” MCHJ tomonidan 1,6 milliard so‘mlik investitsiya hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida bozorni aholi uchun qulay joyga ko‘chirish va ta’mirlash ishlarini tez fursatda boshlash vazifasi yuklatildi.
Shundan so‘ng, hokim “Do‘stlik” mahallasida mavjud kollektorni yopiq drenajga aylantirish orqali 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasi tashkil etish, “Navro‘z” mahallasida esa dehqon va oziq-ovqat mahsulotlari bozorini barpo etish loyihalarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, tuman markaziy ko‘chalaridagi infratuzilma holati o‘rganilib, tashkil etilayotgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasidagi savdo nuqtalari faoliyati tahlil qilindi. Viloyat rahbari “Mehnatobod” mahallasida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Loyiha doirasida yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun