Yaponiya tajribasi asosida…

Date:

Yaponiya energiya tejash sohasida boy tajribaga ega. 2011-yilda “Fukusima” AESda yuz bergan halokatdan soʻng butun mamlakatni qamrab olgan “Setsuden” nomli harakat vujudga kelgan. Oʻsha paytda hukumat tekshiruv oʻtkazish maqsadida oʻnlab atom elektr stansiyalarini vaqtincha yopgan. Shundan soʻng, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xonadonlar uchun maʻmuriy tartibda elektr taʻminotini cheklashga toʻgʻri kelgan.

Oʻsha yili elektr energiyasi sarfini kamaytirish uchun turli usullar sinovdan oʻtkazilgan. Masalan, metro bekatlari va vokzallarda ayrim eskalatorlar oʻchirilgan, ofis binolari va hatto osmonoʻpar imoratlarda ayrim liftlar toʻxtatilgan. Shu bilan birga, odamlar bir qavatga piyoda koʻtarilish yoki ikki qavat pastga tushishni odatiy hol sifatida qabul qilishga chorlangan. Hamma joyda ortiqcha yorugʻlik oʻchirilgan. Yaponlarning konditsionerli xonalardagi haroratni kamida ikki darajaga oshirishga rozi boʻlishi muhim ahamiyat kasb etgan.

Oʻzbekistonda ham maktab oʻquvchilariga energiya sarfi savodxonligi asoslari oʻrgatiladi. Energiya sarfi savodxonligi boʻyicha aniq dasturlar tayyorlagan. Bunda har bir oʻquvchi yosh davrlaridanoq energiya resusrlarimiz va ularni tejash qanchalik muhimligini oʻrgatish vazifalari yuklatilgan.Maktablardagi „Tarbiya“, „Geografiya“, „Fizika“ fanlarida ham tabiiy resurslarimizni qanchalik tejashimiz muhimligi mujassam ettirilgan.

Maktablar uchun bukletlar ham Yaponiya tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun