“Yashil oila” maqomi joriy etiladi

Date:

Oʻzbekistonda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2025-yil uchun davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan. Loyihaga koʻra, 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirish maqsad qilingan.
Bunda aholi orasida kunlik yurish va yugurishni targʻib qilinadi, “yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanish ragʻbatlantiriladi. Plastik mahsulotlardan foydalanish kamaytirilib, oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish targ‘ib qilinadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 1-iyunga qadar “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi platformani ishga tushiradi:
bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targʻib qilish;
yuqori koʻrsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda isteʻmol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
oilaning barcha voyaga yetgan aʻzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish;
aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʻtkazish va gʻolib boʻlgan mahallalar jamgʻarmasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bogʻ yaratish hamda chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini oʻrnatishga 500 million soʻm ajratish.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha yangi qiyofada

Yosh avlod uchun munosib ta’lim-tarbiya va qulay sharoitlar yaratish...

Bandixonda bayram oqshomi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bandixon tumanida bayram...

Qulay, ochiq va shaffof

Bandixon tumanida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va davlat xizmatlari sifatini...

Jarqo‘rg‘onda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasi kengaytiriladi

Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hududlar iqtisodiy...
KunTun
KunTun