«Faxriy donor» nishondorlari jamoat transportlaridan bepul foydalanadimi?

Date:

«O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishi va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish, sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqini berish kabi imtiyozlar nazarda tutilmoqda. SSV tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va ayni vaqtda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasida ushbu yangilik ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish hamda qon donorlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qonun loyihasi bilan, «Faxriy donor» ko‘krak nishoni egalariga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori oshirilmoqda.
Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanyapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun