Jarimasi chaqadi

Date:

“Birni kessang, o‘nni ek” deya aytilgan gapda ham tabiatga nisbatan kuyunchaklik bor. Birgina daraxtni chopib tashlash, tabiatga, ekologiyaga qanchalar zarar keltirishini tasavvur ham qilib ko‘rmaganlargina mana shunday ishga qo‘l urishi mumkin. Aks holda fuqaro qo‘shnisining yo‘l chetiga ekib qo‘ygan, o‘suvchanligini yo‘qotmagan tut daraxtini kesib tashlamagan bo‘lardi. yaxshiyamki, fuqaro o‘z vaqtida viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga mana shunday holatlarning oldini olishi uchun xabar qildi.
Mana shunday holatning oqibati esa tabiat kushandasiga qimmatga tushdi, naqd 9 million 375 ming so‘m ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.
Kimdir yashillikka, kimdir, tiriklikka, yana boshqalar boshqa holatlarda bo‘lsa-da, tabiatga zarar yetkazishga urinishadi. Bularning barini ortida esa moddiy manfaat turishini unutmaslik lozim. Uzun tumani bo‘limi davlat nazoratchilari o‘tkazgan reyd tadbirida ham “Fayzobod” mahallasida yashaydigan fuqaro o‘zining maxsus texnikasi bilan Surxon daryosi o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgani aniqlandi. Holatga zudlik bilan chek qo‘yilib, o‘zboshimchaga nisbatan 11 million 250 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun