Avstraliyalik bokschi Bahodir Jalolovdan revansh olmoqchi

Date:

Superogʻir vazn toifasidagi avstraliyalik bokschi Teremoana Junior (5-0, 5 KO) havaskor boksdagi sobiq raqibi Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) bilan revansh jangini oʻtkazish istagini bildirdi.
Teremoana va Jalolov 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarining chorak finalida toʻqnash kelishgandi. Jangda Bahodir hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozonib, keyinchalik ikki karra Olimpiada chempioniga aylangan edi.
Men, albatta, revansh olishni xohlayman, chunki Olimpiadadagi gʻalaba meniki edi deb oʻylayman. Menga biroz vaqt bering, biz, albatta, professional boksda revansh jangini oʻtkazamiz. Men buni intiqlik bilan kutyapman, — dedi Teremoana.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yilning noyabr oyida Eddi Xirn boshchiligidagi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi 26 yoshli avstraliyalik charm qoʻlqop ustasi bilan shartnoma imzolagandi. U prof boksda hozirga qadar 5 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida nokaut bilan gʻalaba qozongan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun