Mehnati samarali deb topilsa, ustama naqd

Date:

Rag‘batning bo‘lgani yaxshi. Bu ish samaradorligini oshirib, faoliyatimizda yuqori natijalarga erishishga sharoit yaratadi. Xuddi shunday O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarga ustama to‘lash rejalashtirilmoqda. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.

Bundan tashqari, shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, tibbiy sug‘urta joriy etilayotgan hududlarda elektron retseptlarga o‘tish, birlamchi bo‘g‘indagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutilmoqda.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda. Buni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun