«Yada»ning asli Buyuk Britaniyada

Date:

Jaloliddin Manguberdiga mansub yada toshi bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati. Ushbu tosh o‘ymakorlik va gravyurali ishlanish texnikasida tayyorlangan bo‘lib, islom madaniyatiga oid arxitekturaga mansub nodir eksponat hisoblanadi. Uning balandligi 29, kengligi 50, qalinligi 32 santimetrni tashkil etadi. Og‘irligi esa 42,5 kilogramga teng.

Tosh Eron hududidan topilgan va sotib olingan. U muzeyda №1990.06.12.1 raqami bilan qayd qilingan bo‘lib, milodiy 1230-1231-yilda ishlangani manbalarda qayd etilgan. Eksponatga “mazkur tosh Jaloliddin Xorazmshoh umrining oxirgi yillaridagi sharqiy Turkiya, shimoli-g‘arbiy Eron va Ozarbayjondagi harbiy yurishlaridan xabar beradi”, degan ta’rif berilgan.Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kitobida ham yada (jada) toshi haqida qayd etib ketilgan. Unda, turklar yomon niyatlardan qochish uchun fol ochishda ishlatgani aytilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun