G‘oliblar Malayziyaga boradi

Date:

Termiz davlat universitetining tashabbusi bilan kelajak talabalarini seleksiya qilish maqsadida 4-5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada tashkil etildi. Olimpiada g‘oliblari, ya’ni 4-5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-, 2-o‘rinlarni egallagan 4 nafar o‘quvchiga, jami 76 million so‘m mablag‘ berildi.

TerDU rektori huzurida o‘quvchilar, ularning ota-onalari va ustozlari ishtirokida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Ezgu niyatlar qilinib, Prezidentimizning yoshlar kelajagiga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklari e’tirof etildi.

Endilikda o‘quvchilarimiz 15-yanvar sanasidan 24-yanvar kuniga qadar Malayziya davlatida bo‘lib, matematika fanidan xalqaro musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Oldingi sahifaTabib
Keyingi sahifaMy.gov.uz orqali…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun