Oʻn kunligida 100 nafar yosh…

Date:

Surxondaryolik 100 nafar yosh o‘n kun davomida “Termiz umumqo‘shin” dala poligonida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” loyihasida ishtirok etishdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga o‘qitish hamda malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan yig‘in doirasida motivatsion treninglar, kasb-hunar sirlari, biznes saboqlari va tadbirkorlik ko‘nikmalari malakali mutaxassislar tomonidan o‘rgatildi.
Shu bilan birgalikda, psixologik mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, saf, jangovar tayyorgarlik hamda diqqatga sazovor joylarga sayohatlar amalga oshirildi. Yoshlar va ularning ota-onalari, harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘inning yopilish marosimida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar Janubiy operativ qo‘mondonligi hamda hamkor tashkilotlarning faxriy yorliq va sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun