Uchrashuv manzili — Surxondaryo…

Date:

Oltinsoy tumanida Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.Qo‘ldoshev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda tizimda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar, sohaga endi qadam qo‘ygan yosh mutaxassislar bilan bir qatorda Vazir bilan uchrashish istagini bildirgan faol mahalla yoshlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, Yosh kitobxon, Besh tashabbus olimpiadasi g‘oliblari hamda sportchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri yoshlar bilan erkin suhbat qurib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zining uzoq hayot yo‘li to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar va qutqaruvchilik sohasida ishlash istagini bildirgan bir guruh yoshlar dastlabki saralashga tavsiya etildi.

Mas’ullarga yoshlar bilan yaqindan ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.Tadbir yakunida ishtirokchi faol yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirining faxriy yorlig‘i va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...
KunTun
KunTun