Yaponiya bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Date:

Yaponlarning ta’lim sohasida o‘zlarining e’tirof etarli tajriba maktabi bor. Ayni tajriba sabab bugun nafaqat yapon yoshlari taqdirida tub burilish yasayapti, balki davlat rivojiga ham hissa qo‘shyapti. Ana shunday tajribani o‘rganish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish foyda bo‘lsa borki, aslo zarar emas.
Ayni maqsadni ko‘zlagan holda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Yaponiyadagi tashrifi davomida Soka universiteti va Toyo universitetlariga ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlar davomida universitetlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur universitetlar bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ular uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida universitetda Xorijiy tillarga o‘qitish markazida yapon tilini o‘qitishni tashkil etishda amaliy yordam berish, turli yo‘nalishlarda hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun