“Yashil makon” loyihasi savobli va foydali ishlarga ulandi

Date:

Atrofni yashil olamga aylantirib, ekologiyamizni sof holda saqlashni, tabiatni asrashni niyat qilganmiz. Bu boradagi harakatlarimiz ham tahsinga sazovor, albatta. Kun kelib, biz ekkan nihollar barkamol daraxtga aylanib, soyasi-yu mevasidan el bahramand bo‘ladi.
Ammo tashabbuskor xalqimiz chor atrofni yashillikka burkab, loyiha doirasida o‘z vazifasini bajarish bilan birga aholi uchun manfaatli ishlarni ham boshlab yuborgani tahsinga sazovordir. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sho‘rchi tumanidagi “Guliston” mahallasi aholi tomorqalariga limon va uzum ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilayotgani esa fikrimiz isbotidir.
Mahalladagi fuqarolar tomorqasiga limon va uzum ko‘chatlarini ekish, mo‘l va sifatli hosil olishlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mehr bilan ekilgan limon va uzum ko‘chatlari e’tibor bilan parvarish qilinsa, albatta, mo‘l hosil olish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun