Vatanparvarlik ruhida tarbiyalab…

Date:

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Termiz garnizonidagi madaniyat markazida “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarning dolzarb muammolari muhokama qilinib, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda yoshlarning turli sohalardagi qiziqishlari va muammolariga yechim topish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbirning badiiy qismi qo‘l jangi namoyishlari, faxriy qorovulning saf chiqishlari va harbiy orkestr ijrosida ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning rahbarlar bilan ochiq muloqotiga yo‘l ochib, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga va harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun