TerDU delegatsiyasi Hindistonda

Date:

Ilm istab olim-u fuzalolarimiz qadimdan dunyo kezishgan. Hozir ham ilm ahli dunyo kezsa, dunyo olimlari bizning yurtimizda bo‘lishadi. ayni maqsad ila Termiz davlat univrsitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Hindistonning Dehli shahrida bo‘lib turishibdi. Ular Jamiya Milliya Islomiya oliy ta’lim muassasasida “Dara Shukoh: madaniy plyuralizm va tasavvufiy sinkretizm” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etishdi.
Javaharlal Neru universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan konferensiyada Osiyo va Markaziy Osiyoning turli nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan yirik mutasavvif, muarrix va filolog olimlar, diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Dara Shukoh sharqda o‘ziga xos tasavvufiy tariqatga asos solgan va yetuk shoir sifatida shuhrat qozongan boburiy shahzoda — Shoh Jahonning o‘g‘li bo‘lib, u ham o‘zidan katta ilmiy-adabiy meros qoldirgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

20 nafar mutaxassis ishki boʻldi

Qumqo‘rg‘on tumanining “Yangi shahar” mahallasida zamonaviy tibbiy uskunalar bilan...

TAXIATOSH SURXONDARYO TAJRIBASI ASOSIDA RIVOJLANTIRILMOQDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Surxondaryo viloyatiga biriktirilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy...

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...
KunTun
KunTun