Asalarichilik – koni foyda

Date:

Asalning foydasi haqida bilganimiz uchun ham doimiy ratsionimizga asalni kiritishga harakat qilamiz. Har doim ham o‘ylamaymizki, asalarichilik ham asal kabi foydali va barakalidir. Buni asalarichilik bilan shug‘ullanib, daromad ko‘rayotganlar yaxshi biladi. Asal, mum, asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari kabi noyob mahsulotlar yetishtirish maqsadida yurtimizda asalarichilikni jadal rivojlantirish, sifatli asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Asalarichilikda katta tajribaga ega insonlarning tajribasi ommalashtirilib, asalchilik sir-asrorlari o‘rgatilayotgani esa asalchilik bilan shug‘ullanadiganlar safini oshishiga xizmat qilayotir.
Birinchi navbatda mo‘l va sifatli hosil olish uchun mitti jonivorlarning yashash sharoitini yaxshilash, muhim shart-sharoitlarni yaratish lozim. Aks holda asalarilarni boy berish hech gap emas. Buning uchun avvalo, asalarilarning yashashi uchun xizmat qiladigan quti (uy)ning ham ahamiyati katta. Sho‘rchi tumanidagi Bobur mahallasida yashovchi Abdurasul Turdiyev esa 10 yildan buyon asalarilar uchun qutti yasaydi. Mazkur quttilarni yasashning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratadi. Buyurtma asosida ishlovchi tadbirkor kuniga 5-6 dona quti yasaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun