Denovlik yoshlar g‘olib

Date:

Sport turlarining har biri qiziqarli va kishidan mahorat talab etadi. Faqatgina qiziqishingizga qarab, ulardan biri bilan mashg‘ul bo‘lishingiz mumkin. Voleybol sport turida esa g‘alabaga erishish uchun jamoa bo‘lib harakat qilish lozim. To‘g‘ri, bir kishining harakati bilan muvaffaqiyat naqd bo‘lsa, bir kishining e’tiborsizligi bilan yutqazib qo‘yish ham hech gap emas. Birdamlik, hamjihatlik bilan qilingan harakat esa sizni eng yuqori pillapoyaga ko‘taradi.
Termiz shahrida qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat bosqichi ham jamoalarning birdamligiga bog‘liq bo‘ldi. Har bir shahar va tumanlardan ishtirok etgan jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Musobaqani kuzatish esa maroqli bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 16-21 yosh toifasida Denov tumanining “Chuqurqishloq” mahallasi, 22-26 yosh toifasida ham Denovning “O‘zgarish” mahallasi jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2 ta yosh toifa bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mazkur musobaqalarning respublika bosqichida ishtirok etishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun