“Metodik marafon”: pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar

Date:

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy ta’lim metodlarini keng joriy etish maqsadida “Metodik marafon” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ikki kun davom etayotgan marafon doirasida tajribali pedagoglar, metodistlar va soha mutaxassislari tomonidan ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalarga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Unda Surxondaryo viloyati pedagoglari ham onlayn tarzda ishtirok etib, respublika miqyosidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zaro fikr almashish va kasbiy bilimlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Mazkur marafon ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy metodik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...

Milliy otchilik: an’ana, mahorat va e’tirof

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari”...
KunTun
KunTun