Boysun tumanida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhit ozodaligini ta’minlash maqsadida “Yo‘limiz tozaligi uchun!” shiori ostida ekologik marafon tashkil etildi.
Unda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi xodimlari va yoshlar yetakchilari ishtirok etib, M-39 hamda 4R-105 avtomobil yo‘llarining jami 35 kilometr qismida tozalik ishlarini olib bordilar. Yo‘l yoqalarida to‘planib qolgan plastik idishlar va boshqa chiqindilar yig‘ishtirildi.
Bunday tashabbuslar yoshlar orasida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, tabiatga e’tiborli munosabatni shakllantirish hamda yurtimiz ozodaligini asrashga xizmat qiladi.

