“Chegarachi”da ta’lim sari yangi yo‘l

Date:

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 22-sonli umumta’lim maktabida “WESTMINSTER” o‘quv markazining yangi filiali ish boshladi. Ochilish marosimida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, markaz tashabbuskorlari, maktab jamoasi, o‘quvchilar va mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda chekka hududlarda ta’lim xizmatlarini kengaytirish, yoshlarga zamonaviy bilim olish va o‘z salohiyatini namoyon etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, tuman hokimi maktabning faol o‘quvchilariga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

Yangi filialda o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, fanlarni chuqur o‘zlashtirish va oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishlariga ko‘maklashuvchi qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Chegarachi mahallasida yangi ta’lim maskanining ochilishi yoshlarning sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, ularning kelajakdagi maqsadlari sari intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun