SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

Date:

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining respublika-hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Termiz shahridagi 2-sonli texnikumda tashkil etilgan tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi vakillari Nilufar Ataeva, Xurshid Umirov, partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Alisher Ro‘ziyev, viloyat Kengashi deputati Muyassar Qodirova, hakamlar hay’ati a’zolari hamda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Alisher Ro‘ziyev partiyaning tadbirkor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va loyihalarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi ishlariga to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, “Ishbilarmon ayol” tanlovi hududlarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan va mahalliy mahsulot ishlab chiqarayotgan xotin-qizlarni keng jamoatchilikka tanitish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi vakili Nilufar Ataeva, viloyat Kengashi deputati Muyassar Qodirova ham so‘zga chiqib, “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida tadbirkorlikka qiziqish bildirgan xotin-qizlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish muhim vazifalardan ekanini qayd etdilar.

Tanlovning hududiy bosqichida tuman va shahar bosqichlaridan saralangan 14 nafar tadbirkor ayol o‘z faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari va amalga oshirayotgan loyihalarini namoyish etdi.Ishtirokchilar tomonidan ish o‘rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, tovar aylanmasi va eksport salohiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Hakamlar hay’ati a’zolari esa ishtirokchilarning tadbirkorlik faoliyatini o‘rganib, ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va natijalarini tahlil qildilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra:

1-o‘rin — Denov tumanidagi “Muhsinovlar” oilaviy korxonasi rahbari Madina Muhsinova;

2-o‘rin — Boysun tumanidagi “Dream Shahrinaz” oilaviy korxonasi rahbari Nilufar Jo‘rayeva;

3-o‘rin — Sherobod tumani vakili, yakka tartibdagi tadbirkor Dilnoza Abdurahmonovaga nasib qildi.

— Oilaviy korxonamiz ko‘p tarmoqli bo‘lib, asosiy yo‘nalishimiz tikuvchilik. Shu bilan birga, qandolatchilik, asalarichilik va konserva mahsulotlari tayyorlash bilan ham shug‘ullanamiz. Yoshlarga kasb o‘rgatish maqsadida o‘quv markazini ham tashkil qilganmiz. Bugungi kunda 350 nafar kishini ish bilan ta’minlayapmiz. Mahsulotlarimizni Tojikistonga ham eksport qilyapmiz, — deydi “Muhsinovlar” oilaviy korxonasi rahbari Madina Muhsinova.

— “Ishbilarmon ayol” tanlovida ishtirok etib, o‘z mehnatimiz va faoliyatimizga berilgan e’tibordan mamnunman. O‘zLiDeP tomonidan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini keng jamoatchilikka yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani biz uchun muhim. Bu kabi tashabbuslar tadbirkor ayollarni nafaqat iqtisodiy faollikka, balki jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga ham undaydi.

Tanlov doirasida namoyish etilgan loyihalar va tadbirkorlik tashabbuslari Surxondaryoda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi ortib borayotganini ko‘rsatdi. O‘z mehnati, tashabbusi va yangi g‘oyalari bilan yangi ish o‘rinlari yaratayotgan tadbirkor ayollar hudud iqtisodiy hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari o‘z mehnati, tadbirkorlikdagi tashabbuskorligi hamda erishgan natijalari uchun pul mukofotlari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun