Termizda TISU Cambridge xalqaro maktabi ochildi

Date:

Termiz shahrida 480 o‘ringa mo‘ljallangan TISU Cambridge xalqaro maktabi foydalanishga topshirildi. Yangi ta’lim maskanining ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, ta’lim sohasi mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Loyiha qiymati 15 million dollarni tashkil etgan ushbu maktab eng zamonaviy texnologiyalar va o‘quv infratuzilmasi bilan ta’minlangan. O‘quvchilarga xalqaro standartlar asosida ta’lim berish uchun 17 nafar xorijiy mutaxassis hamda tajribali mahalliy o‘qituvchilar jalb etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun